Leon Edvardsning o‘z uyida "ketmoni uchmadi" yoxud Londondagi turnirda qayd etilgan natijalar bilan tanishing

  • 23 mart, 05:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

London shahri mezbonlik qilgan "UFC Fight Night 255" turniri yakunlandi. Uning asosiy to‘qnashuvida angliyalik Leon Edvards va amerikalik Shon Bredi o‘zaro to‘qnash keldi. Shiddatli kechgan bahs 4-raundda o‘z nihoyasiga etdi. Edvards faoliyatida ilk bor muddatdan avval mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Quyida mazkur turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin. 

Asosiy kard:

Shon Bredi sabmishn orqali Leon Edvardsni engdi (4-raund);

Karlos Ulberg ochkolar bo‘yicha Yan Blaxovichdan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Kevin Xolland hakamlarning yakdil qarori bilan Gunnar Nelsonni mag‘lubiyatga uchratdi (28-29, 28-29, 28-29);

Aleksiya Tainara sabmishn evaziga Molli MakKen ustidan g‘alaba qozondi (1-raund);

Kris Dankan sabmishn orqali Jordan Vuchenichni taslim etdi (2-raund);

Nataniel Vud hakamlarning qarori bilan Morgan Charrierni engdi (29-28, 29-28, 29-28);

 

Prelim:

Kris Padillya ochkolar evaziga Jai ​​Gerbertni mug‘lubiyatga uchratdi (28-29, 29-28, 28-29);

Lone Kavana hakamlarning yakdil qarori bilan Felipe Dos Santos ustidan g‘alaba qozondi (29-28, 29-28, 29-28);

Marcin Tybura Mik Parkinni ochkolar bo‘yicha taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28);

Kristian Leroy Dunkan hakamlar qarori bilan Andrey Pulyaevdan ustun keldi (30-27, 30-27, 30-26);

Shauna Bannon Puja Tomarni sabmishn orqali engdi (2-raund);

Kaolan Laugxran Natan Fletcher ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi (28-29, 29-28, 28-29);

Kaue Fernandes hakamlarning yakdil qarori bilan Guram Kutateladzeni mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 30-27).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!