Lennoks Lyuis: "Mayk Tayson Jeyk Polni engishi mumkin, faqat..."

  • 22 oktabr, 2024, 17:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mashhur britaniyalik bokschi Lennoks Lyuis afsonaviy Mayk Tayson va bokschi-bloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Anchadan buyon Maykni ringda ko‘rmadik. Shuning uchun g‘olib nomini aniq ayta olmayman. Lekin menimcha, Taysonning formasi yomonga o‘xshamayapti. U Jeyk Polni engishi mumkin, faqat yaxshi mashg‘ulot o‘tkazsa bo‘lgani", - dedi Lyuis "TMZSports" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson (50-6, 44 KO) va Jeyk Pol (10-1, 7 KO) jangi 16 noyabr kuni AQSh da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!