
Lempardga raqib posboni kerak
“Chelsi” o‘z tarkibida dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepani o‘ynatayotganiga qaramay, “Manchester Yunayted”dan yosh posbon Din Xendersonni berishni so‘ramoqda.
Din Xenderson mavsumni ijara asosida “Sheffild Yunayted” safida o‘tkazmoqda va u premer-liga bahslarida “Chelsi” va MYuning asosiy darvozabonlaridan kam gol o‘tkazgan.
Abramovich klubi 23 yoshli golkiper uchun 50 million funt berishga tayyor. Lekin Sulsher Din Xenderson yaqin kelajakda David de Xeaning o‘rnini egallashi lozim, deb hisoblaydi. Chunki ispaniyalik darvozabon keyingi paytda juda ko‘p qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
Fikrlar