Lempard: "Manchester Siti" treblga yaqin

  • 23 may, 2023, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Manchester Siti"ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” bu mavsum muddatidan avval APL chempioni bo‘lishdi va ularda yana ikkita turnirda g‘olib chiqishga da’vogarlik qilishmoqda.

"Siti" ajoyib jamoa. Shuning uchun ular treblga yaqin. “Manchester Siti” so‘nggi oylarda ajoyib futbol ko‘rsatmoqda. Hozirda ularning futbolini etalon deb atash mumkin. Lekin shunga qaramay, ular ishlashda davom etishmoqda. Gvardiola har doim jamoaga qandaydir yangilik olib kelish haqida o‘ylaydi”, - dedi Lempard BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta "Chelsi" "Manchester Siti"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!