Lempard Chempionship klubida ish boshlashi mumkin

  • 27 noyabr, 2024, 18:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frenk Lempard "Koventri" jamoasining bosh murabbiyi bo‘lish arafasida. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi. 

Shartnoma hali imzolanmagan bo‘lsa-da, Lempardning tayinlanishi payshanba kunigacha rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. U 30 noyabr kuni "Kardiff Siti"ga qarshi bahsda jamoani boshqarishi mumkin.

Mutaxassis bundan avval "Derbi", "Chelsi" va "Everton" jamoalarini boshqargan edi.

Ma’lumot uchun, klub 17-turdan so‘ng 17 ochko to‘plab, Chempionship turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!