
"Legiya" bosh murabbiyi: Yaxshiboev 1-daqiqadan o‘ynay olmaydi
Ertaga Polsha Ekstraklasasi 19-turi doirasida "Legiya" jamoasi safarda "Gurnik" klubi mehmoni bo‘ladi. Varshavaliklar ustozi Cheslav Mixnevich bo‘lajak uchrashuv oldidan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboevning holati haqida aytib o‘tdi.
"Yaxshiboevning kayfiyati? Kundan kunga yaxshilanib bormoqda, ammo men unda bir qator muammolarni ko‘ryapman. Hozirgi kunda Jasur o‘yinni ilk daqiqalardan boshlay olmaydi. Ehtimol, keyingi o‘yinlardan boshlar. Avval ta’kidlaganimdek, yangi futbolchilar qattiq mehnat qilishlari kerak", - dedi Mixnevich.
Ma’lumot uchun, "Gurnik" va "Legiya" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 27 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar