
Legionerlarimiz. "Shanxay SIPG" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi bu tur safarda "Tszyansu Saynti" jamoasi bilan kuch sinashdi va raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritishga erishdi. Ahmedov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi hamda 74-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, shanxayliklar hisobidagi ochkolar soni 43 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar