
Legionerlarimiz. "Ordabasi" o‘z uyida "Qiziljar" bilan murosa ko‘chasini tanladi
Qozog‘iston chempionati 4-turidan o‘rin olgan "Ordabasi" - "Qiziljar" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Jasurbek Yaxshiboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. 37-daqiqada sariq kartorka oldi hamda 75-daqiqada zaxiraga olindi. Shahboz Umarov esa 64-daqiqada maydonga tushirildi.
Ma’lumot uchun, shimkentliklar ayni damda chempionatda 8 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni band etib turibdi, xuddi shuncha ochkosi bor "Qiziljar" esa birinchi o‘rinda.
Fikrlar