Legionerlarimiz jamoasini Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqishga qodirmi?

  • 22 yanvar, 2021, 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilgi mavsumda Belarus chempionatida Jasur Yaxshiboev, Shahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov to‘p tepgani bois, bu mamlakatning oliy ligasi bizga qadrdon bo‘lib qoldi. “Energetik-BGU” va “Shaxtyor” jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchilarimizning har biri o‘zbek futboli maktabi tarbiyalanuvchilarining salohiyati yuqori ekanini namoyish qildi.

Tecno

Ayniqsa, Jasur Yaxshiboev “Shaxtyor”ning 15 yillik tanaffusdan so‘ng, tarixda ikkinchi bor chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi. Belarus chempionatida o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan hamyurtimiz yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etishni kutmasdan, kuchliroq ligalardan jamoa izlashga qaror qildi.

“Energetik-BGU” tarkibida o‘tgan mavsumning barcha – 30 ta uchrashuvida maydonga tushgan Shahboz Umarov ishonchli o‘yinlari bilan Belarusning eng qudratli klubi – BATE e’tiboriga tushdi. Borisovliklar “Energetik-BGU”ga qarshi o‘yinda o‘zbek futbolchisining qariyb 40 metrdan urgan golidan keyin, uni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi. Garchi Umarov BATE bilan yozda shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, kelishuvga ko‘ra, borisovliklar jamoasiga mavsumdan keyin qo‘shildi.

126091_680

“Energetik-BGU”ga ijara berilgan “Paxtakor”ning yosh yarim himoyachisi Humoyunmirzo Iminov ham muxlislar oldida uyalib qolgani yo‘q. U Belarus oliy ligasida sakkizta uchrashuvda qatnashdi.

Yangi mavsumda ham Belarus chempionatini kuzatishda davom etamiz. Chunki ushbu mamlakat chempionligi uchun kurashadigan jamoalar tarkibida o‘zbek futbolchilari o‘ynaydi. Amaldagi chempion “Shaxtyor” Jasur Yaxshiboev ketganidan keyin jamoaga Bekobodning “Metallurg” klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullaevni taklif qildi. 22 yoshli futbolchimiz bu yilgi mavsumda legioner sifatida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Soligorskliklar Evropa Chempionlar ligasi muvaffaqiyatli qatnashish va chempionlik unvonini munosib himoya qilish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tamoqda. Hamyurtimiz ham hozir BAAdagi mashg‘ulotlarda jamoa bilan birga.

Ubaydullaev jamoasi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini 21 yanvar kuni "Dinamo" (Kiev) jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

shaxzod1111

BATE mavsumga Belarusning o‘zida tayyorlanyapti. Borisovliklar kuni kecha “Nyoman” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan ilk nazorat o‘yinida 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Kutilmagan natijada hayron bo‘lgan jurnalistlar jamoaning yangi bosh murabbiyi Vitaliy Jukovskiydan Shahboz Umarovni o‘ynatmagani haqida so‘radi.

- Nazorat uchrashuvida Shahboz Umarov ko‘rinmadi. Bu uning asosiy tarkibdan joy kafolatlanganini anglatadimi?

- Yo‘q, vaziyat umuman boshqacha. Shahboz legioner. Bu uchrashuvda oldimizga qo‘yilgan maqsad boshqa edi va uning maydonga tushirishda hech qanday mantiq bo‘lmasdi. Hali Umarov bilan yaxshiroq tanishib olish imkoniyati ko‘p bo‘ladi. Hammasining o‘z mavridi bor. Hozir, oldindan shoshilinch xulosa qilmagan ma’qul, - dedi Vitaliy Jukovskiy.

O‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlagan BATE o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining keyingisini Turkiyada o‘tkazadi. Shahboz Umarov ham yangi jamoasi bilan ushbu yig‘inda ishtirok etadi. Borisovliklar Turkiyaga 27 yanvar kuni jo‘nab ketadi va bir oy mobaynida o‘sha erda tayyorgarlik ko‘radi.

Mart oyida boshlanadigan Belarus chempionati oliy ligasida chempionlik uchun kurash asosan “Shaxtyor” va BATE o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Biz esa, Shahboz Umarov va Shahzod Ubaydullaev o‘rtasidagi raqobatni kuzatamiz.  

O‘zbek futbolchilari xorij klublariga yo‘l olmoqda. Ular Evropa futbolida “non” topa oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!