Legionerlarimiz. Bugun Shomurodov, Shukurov, G‘aniev hamda yana 6 nafar vakilimiz o‘ynaydi

  • 26 noyabr, 2023, 10:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun ham bir nechta xorijda harakat qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar klublari doirasida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Kechagi sanada Fayzullaev TsSKA safida gol va assist qayd etgan bo‘lsa, Husanov "Lans"da asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Tecno

Bugun A Seriyasi 13-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Montsa" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi. Bellashuv qaydnomsida Eldor Shomurodov ham bor va bugun maydonga tushishga tayyor.

Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al-Ahli" klubida o‘ynayotgan yarim himoyachimiz Aziz G‘aniev terma jamoadagi yig‘indan so‘ng jamoasi ixtiyoriga borib qo‘shildi. Bugun "Shabab Al-Ahli" o‘z maydonida "Al-Ayn"ni qabul qiladi va bahs 20:30da boshlanadi.

Turkiya Superligasida harakat qilayotgan vakillarimiz Otabek Shukurov, Husniddin Aliqulov hamda Jahongir O‘rozolarning jamoalari bugun o‘ynaydi. 

Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Fotix Karagyumryuk" safarda "Fenerbaxchi" bilan o‘ynaydi va uchrashuv 21:00da boshlanadi.

Husniddin Aliqulov jamoasi "Rizespor" esa bu turda "Antalyaspor" maydoniga safar qiladi. Bu bahs 18:00da start olishi rejalashtirilgan.

Yosh va iqtidorli legionerimiz Jahongir O‘rozov sharafini himoya qilayotgan "Eyuspor" bu turda "Manisa"ni mehmon qiladi va o‘yinning start hushtagi 18:00da chalinadi.

Bugun ham RPLdagi  legionerlarimiz o‘ynaydi. Kecha Abbosbek Fayzullaev "Moskva derbisi"ni yondirgan edi. 

Bugun Qozonning "Rubin" klubi "Kazan Arena"da "Fakel"ni qabul qiladi va uchrashuv 18:30da start oladi. Legionerlarimiz Rustam Ashurmatov hamda Umarali Rahmonalievlar jamoasiga yordam berishga tayyor.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Ruslanbek Jiyanov jamoasi "Nijniy Novgorod" bu turda "Rostov" maydoniga safar qiladi. Bu bahs starti 21:00da.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!