
Legionerlarimiz. Bugun Sherzod Temirov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Eron chempionatida 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtimiz Sherzod Temirov to‘p tepadigan "Persepolis" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Tehron klubi safarda "Xavadar" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Persepolis" ayni payt turnir jadvalida 49 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Xavadar" hisobida 27 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar