
Legionerlarimiz. Aliboevning jamoasi peshqadamga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zoasi Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" bu tur o‘z maydonida turnir peshqadami "Ulsan Xyonde"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi. Shu tariqa "Seul" hisobidagi ochkolar soni 55 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi Vadim Abramov tomonidan Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi o‘yinlar uchun milliy terma jamoamizga jalb etilgan.
K Liga / 36-tur
"Seul" - "Ulsan Xyonde" 0:1
Gol: Kim Bo Gyon (82).
Fikrlar