
Legionerlarimiz. Aliboevning jamoasi mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Hamyurtimiz Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" jamoasi bu tur safarda "Ulsan Xyonde" bilan kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Aliboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Qayd etish joiz, bu "Seul"ning mavumdagi dastlabki mag‘lubiyati bo‘ldi va jamoa 10 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
K Liga. 5-tur
"Ulsan Xyonde" - "Seul" 2:1.
Fikrlar