Legionerimizning “kulgili goli" asosiy raqibni tiz cho‘kdirdi

  • 18 sentabr, 2021, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining oliy ligasining 23-turida ushbu mamlakatning eng kuchli ikki klubi – BATE  va “Shaxtyor-Soligorsk” o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

O‘tgan mavsumda Jasur Yaxshiboev yordamida uzoq tanaffusdan keyin Belarus chempionligini qo‘lgan kiritgan soligorskliklar yangi chempionatda unvonini munosib himoya qilmoqda. “Shaxtyor-Soligorsk” bu yil ligada 20-turgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay keldi. Biroq, so‘nggi paytda chempion jamoa ham charchab qoldi chog‘i, ochko yo‘qota boshladi.

To‘g‘risi, mavsum boshida o‘zbekistonlik muxlislar “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasiga ham muxlislik qilayotgan edi. Chunki ular jamoani tark etgan Jasur Yaxshiboev o‘rniga yana bir iste’dodli futbolchimiz Shahzod Ubaydullaevni taklif qildi. “Metallurg”dan to‘g‘ri Belarusga yo‘l olgan hamyurtimiz mavsum oldi o‘yinlarida ko‘p gol urib, jamoaning asosiy hujumchisi maqomiga ko‘tarildi. Biroq, chempionat boshlanishi bilan murabbiylar shtabi uni zaxiraga mixladi. 

shakhzod-ubaydullaev-shakhter-soligorsk-1616790387-59598

Soligorsk jamoasida uch marta maydonga tushganidan keyin o‘yin amaliyotisiz qolib kelgan Ubaydullaev chempionatning ikkinchi yarmini o‘zbek futbolchilari uchun qadrdon bo‘lib qolgan “Energetik-BGU”da o‘tkazmoqda.

Biz bu gal BATE chempion bo‘lishini kutyapmiz. Chunki borisovliklarning etakchisiga aylangan Shahboz Umarov huddi do‘sti Jasur Yaxshiboev kabi chempionlik unvoniga munosib.

Oliy liganing markaziy uchrashuvida legionerimiz buni yana bir karra isbotladi. BATE va “Shaxtyor-Soligorsk” to‘qnashuvi keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Musobaqa jadvalida soligorskliklarni ta’qib qilayotgan mezbonlarni bu bahsda faqat g‘alaba qoniqtirar edi. Shu bois BATE futbolchilari so‘nggi daqiqagacha hujumga zo‘r berdi.

Mezbonlarga uch ochko keltirgan golni Shahboz Umarov kiritdi. Gol ajoyib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida legionerimiz chap qanotdan to‘pni uzoq ustun tomon uzatdi. Boshqacha traektoriya hosil qilgan to‘p darvozabon Aleksandr Gutor oldida erga urilib, darvozaga kirib ketdi. Mehmonlar posboni o‘zbek futbolchisi zarbasi oldida ojiz qoldi.

03.04.2021_bate_gomel_55

Shu tariqa, BATE birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini oldi. Soligorskdagi uchrashuvda “konchilar” kichik hisobda g‘olib chiqqandi. BATE ochkolari sonini 51 taga etkazib, mavsumda ilk bor birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Biroq, xursandchilikka hali erta. Hozirgacha 50 ochko jamg‘argan “Shaxtyor-Soligorsk” zaxirasida yana uchta o‘yin bor.

Chempionlik kurashida borisovliklar qolgan sakkizta uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilib, soligorskliklarning kamida uch marta mag‘lub bo‘lishini kutishi kerak. O‘tgan mavsumda esa, “Shaxtyor-Soligorsk” borisovliklarni quvib, so‘nggi turning oxirgi soniyalarida ulardan chempionlikni tortib olgandi.

BATEda chempionlik umidini saqlab qolgan Shahboz Umarovning mavsumdagi gollari soni oltitaga etdi. Bundan tashqari, hamyurtimiz jamoadoshlariga ettita golli pas oshirgan.

179956_680

Borisovliklar navbatdagi uchrashuvni 25 sentyabr kuni “Rux” jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi. “Shaxtyor-Soligorsk” esa ungacha 22 sentyabr kuni  17-turning qoldirilgan o‘yinida bizga yaxshi tanish bo‘lgan “Energetik-BGU”ni qabul qiladi.

Chempionlar ligasida zafar quchgan Yaxshiboev jamoasi haqida antiqa ma’lumot

Yaxshiboevni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida debyut kutmoqda! U turnirning eng zaif jamoasini “Shaxtyor”, “Real” va “Inter”dan qutqara oladimi?

Shomurodovga munosib bahoni Rim xalqi berdi va Eldor o‘z fikrini bildirdi!

Evropa tomonlardagi legionerimizning goli muhim g‘alaba keltirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!