Legionerimizning goli finalga yo‘l ochdi! Oldinda final!

  • 6 iyul, 2023, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasi safida ikki futbolchimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepayotgani bois, ko‘plab o‘zbekistonlik ishqibozlar chimkentliklarga muxlislik qilmoqda.

Tecno

“Ordabasi” bu yil o‘z oliga katta maqsadlarni qo‘ygan. Jamoa Qozog‘iston Premer-ligasida chempionlik uchun kurashmoqda. Hozircha, legionerlarimiz o‘ynayotgan jamoa musobaqa jadvalida 35 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

6411d88d1e8b0

Chempionat peshqadami – “Astana”dan uch ochko kam jamg‘argan “Ordabasi” asosiy raqobatchisiga nisbatan ikkita o‘yin kam o‘tkazgan. Agar ular zaxiradagi o‘yinlarni o‘z foydasiga hal qilsa, chempionat etakchisiga aylanadi.

Aytish joizki, bu mavsum chempionlik uchun kurash aynan mana shu ikki jamoa o‘rtasida kechadi. Chunki qolgan jamoalar ochko jamg‘arish bo‘yicha ancha ortda qolib ketgan.

Yana bir nufuzli musobaqa – Qozog‘iston kubogining yarim finalida “Ordabasi” va “Astana” o‘zaro to‘qnash keldi. “Astana” maydonidagi birinchi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchgan edi.

Chimkentdagi javob o‘yini ancha keskin va murosasiz bo‘ldi. Mehmonlar birinchi o‘yinda qo‘lga kiritilgan ustunlikni ushlab qolish uchun ancha harakat qildi. Biroq, mezbonlar joniga o‘zbek legioneri Shahboz Umarov kirdi. Futbolchimiz 62-daqiqada maydan markazi yaqinida to‘pni egallab oldi, raqiblarni aldab o‘tib, jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bilan gol urdi.

Bu gol “Ordabasi”ga final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish imkonini berdi. Qolgan daqiqalarda tomonlar harchand urinmasin bir-biring darvozasiga yo‘l topa olmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, hisob 1:1 ko‘rinishida durang bo‘ldi.

G‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha taymlar belgilandi. Unda “Ordabasi” futbolchisi Temirlan Erlanov gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Bu uchrashuvda yana bir legionerimiz – Bobur Abduxoliqov zaxiradan maydonga tushib, ancha faol harakat qildi.

7adf7db136d8e3e8429fe36b06aa7303

Qiyin o‘tgan o‘yinda g‘olib chiqqan chimkentliklar musobaqa finaliga yo‘llanma oldi. Bo‘lajak raqib 8 iyul kuni “Atirau” va “Tobol” o‘rtasidagi javob uchrashuvidan keyin aniqlanadi.

Qozog‘iston kubogi finali 4 noyabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahboz Umarov o‘tgan yili “Orbadasi” tarkibida Qozog‘iston kubogini qo‘lga kiritgan edi. Qizig‘i shundaki, 24 yoshli futbolchimiz jamg‘armasida uchta kubok bor. Bungacha Shahboz 2018 yili AGMK safida O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan.

2020-2021 yilgi mavsumni Belarusda o‘tkazgan hambrtimiz BATE o‘yinchi sifatida ham mamlakat kubogida g‘olib chiqqan edi.

Italiyalik jurnalist Shomurodov haqida qattiq gaplarni aytdi!

To‘purar legionerimizga qimmatbaho raqobatchi keldi!

Shomurodov Saudiyaga bormadi, sababi...

Zeytullaev Shomurodovga “to‘g‘ri yo‘l”ni ko‘rsatib yubordi!

Shomurodov Premer-liga klubi taklifini rad etdi. Muxlislar qanday fikrda?

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!