
Legionerimizning dubli jamoasiga chempion ustidan g‘alaba keltirdi
Mavsumlar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanayotgan klublar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Legionerlarimiz harakat qilayotgan "Energetik-BGU" hamda "Shaxtyor" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Bahs nominal mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, "Energetik" safida to‘p tepayotgan legionerimiz dubl qayd etdi.
Bobir Abduxoliqov 71 va 73-daqiqalarda soligorskliklar darvozasini ishg‘ol etib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Ma’lumot uchun, "Shaxtyor" Belarus chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi.
Fikrlar