Legionerimizga Shomurodovning yo‘lini bersin!

  • 10 avgust, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov UEFA tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan Konferentsiyalar ligasi g‘olibi hisoblanadi. 27 yoshli forvardimiz bu turnirda gol urishga ham erishgan.

Tecno

Endi Konferentsiyalar ligasining ikkinchi mavsumida yana bir legionerimiz – Igor Sergeev ishtirok etmoqda.

500_62f3b7d441766

O‘tgan yili “Tobol” safida Qozog‘iston premer-ligasi g‘olibi bo‘lgan Igor Sergeev Evrokuboklarning yangi mavsumidagi yurishini Chempionlar ligasidan boshlagan edi. Biroq, saralash turnirida Vengriyaning “Ferentsvarosh” klubiga to‘qnash kelgan Kustanay klubi raqibga imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.

Qozog‘istonliklar ikki uchrashuvdan birida golsiz durang qayd etgan bo‘lsa, safar uchrashuvida “Ferentsvarosh”ga 1:5 hisobida  yutqazdi. Vengriyaliklar darvozasiga kiritilgan yagona golga Igor Sergeev mualliflik qildi va Chempionlar ligasida gol urgan Maksim Shatskix va Jasur Yaxshiboev kabi o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari qatoriga qo‘shildi.

UEFA qoidasiga ko‘ra, Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Tobol” yurishini Evropa qit’asining uchinchi musobaqasi – Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichida davom ettirmoqda.

“Tobol” saralash turnirining ikkinchi bosqichida Gibraltarning “Linkoln Red Imps” jamoasi bilan ikki marta kuch sinashib, 2:0 va 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchinchi bosqichda kustanayliklarga Bosniyaning “Zrinski” jamoasi ro‘baro‘ keldi. Safarda o‘tkazilgan ilk uchrashuvda mezbonlar “Tobol”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Qozog‘iston chempioni xalqaro maydondagi yurishini davom ettirish uchun 11 avgust kuni bo‘ladigan javob o‘yinida “Zelinski”ni ortda qoldirishi kerak bo‘ladi. Bo‘lajak bahsda “Tobol”ni faqat g‘alaba qoniqtiradi.

Jamoaning asosiy to‘purari Igor Sergeev muhim uchrashuv oldidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zimning formamni ijobiy baholayman. Oxirgi o‘yinlarda ilk daqiqalardan maydonga tushganim yo‘q. Lekin bu hech narsani anglatmaydi.

- Qarorni har doim bosh murabbiy qabul qiladi. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va bo‘lajak uchrashuvda hujumkor o‘yin ko‘rsatamiz, - dedi Igor Sergeev.

Agar “Tobol” futbolchilari “Zirinski”ga qarshi bahsda g‘olib chiqib, Konferentsiyalar ligasining pley-off bosqichiga o‘tsa, Evropa ligasi pley-offidan o‘rin olgan “Olimpiakos” (Gretsiya) va “Slovan” (Slovakiya) o‘rtasidagi to‘qnashuvda mag‘lub bo‘lgan jamoa bilan to‘qnash keladi.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world saytida qayd etilishicha, Igor Sergeev faoliyati davomida klublar miqyosida 225 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 108 ta gol va 18 ta assist rasmiylashtirgan.

igor-sergeev-tobol

Shuningdek, 29 yoshli hujumchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 63 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qilgan.

“Roma” Shomurodov uchun so‘rayotgan yangi narx “Bolonya”ni jumbushga keltirdi!

“Roma”ning bu o‘yinchisi Shomurodovni chiqishtirmayapti!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!