
Legionerimiz – eng zo‘r gol muallifi! (Video)
Belarus Oliy ligasi 3-turining eng chiroyli gollari aniqlandi. E’tiborlisi, ushbu gollar orasidan BATE safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Shahboz Umarovning goli ham o‘rin oldi.
Umarovning "Gomel" klubi darvozasiga kiritgan birinchi goli Belarus futbol federatsiyasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan eng chiroyli gollar to‘rtligida birinchi o‘rinda e’tirof etildi.
Fikrlar