
Legionerimiz transferiga qanday baho berishdi?
Qozog‘iston Premer-ligasi klublari yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir necha ko‘zga ko‘ringan transferlarni amalga oshirdi.
Qishki transferlar oynasi davomida qozoq klublar Evropaning turli jamoalarida o‘ynagan o‘yinchilar bilan shartnoma imzoladi. Xusasan, “Aktobe” Moldovaning “Sherif” jamoasidan kamerunlik himoyachi Gabi Kikini, Sloveniyaning “Koper”idan Ramazon Orazovni, “Tobol” va “Astana” mos ravishda Rossiya klublari – “Sochi”dan serbiyalik himoyachi Ivan Miladinovichni, “Axmat”dan Marat Bistrovni transfer qildi.
Yana bir muhim o‘zgarishlardan biri o‘zbekiistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning Rossiya Premer-ligasi vakili “Nijniy Novgorod”dan “Qayrat” jamoasi safiga ko‘chib o‘tgani bo‘ldi.
Joriy mavsum chempionlik uchun kurashishi kutilayotgan “Qayrat” 22 yoshli chap qanot himoyachisini yil oxiriga qadar ijaraga oldi. Qozog‘istonliklarda bir yildan keyin Yo‘ldoshevning shartnomasini sotib olish huquqi bor.
Qozoq futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar ekspertlari Ibrohimxalil Yo‘ldoshev transferini ijobiy baholamoqda.
- Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Qayrat” tomonidan amalga oshirilgan kutilmagan, lekin juda qiziqarli transfer bo‘ldi. Bu futbolchi 22 yoshda bo‘lishiga qaramay, Rossiya Premer-ligasida 50 dan ortiq uchrashuvda qatnashgan.
Bir-ikki yil avval bu futbolchiga “Spartak” va “Jenoa” kabi jamoalardan qiziqish bo‘lgan edi. Shu bois, bu o‘yinchini qo‘lga kiritish “Qayrat” uchun omadli transfer hisoblanadi.
Salohiyati nuqtai nazaridan o‘zbekistonlik futbolchi Qozog‘iston chempionatida eng kuchli chap qanot himoyachisi bo‘la oladi. O‘yin xarakteristikasi bo‘yicha ham Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Qayrat” uslubiga juda mos. U yosh, tezkor va doim hujumga e’tibor qaratadi.
Ta’kidlash joizki, Yo‘ldoshevning kelishi mahalliy tarbiyalanuvchilardan Lev Kurginning o‘yin amaliyotiga ta’sir qiladi. Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi vakili zaxira o‘yinchisiga aylanadi, - deb yozmoqda vesti.kz sayti.
Yana bir manba – sports.kz portali ekspertlari Yo‘ldoshevni eng yaxshi transferlar reytingida kamerunlik himoyachi Gabi Kiki va bolgariyalik kreativ futbolchi Radoslav Tsonevdan keyin uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi.
- “Qayrat” Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni nijniy novgorodliklardan keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchiga o‘tgan yozda “Rubin” jiddiy qiziqish bildirgandi.
“Nijniy Novgorod” jamoasida bosh murabbiy o‘zgarganidan keyin Yo‘ldoshevning o‘yin amaliyoti kamayib ketdi. 22 yoshli futbolchi endi “Qayrat”da faoliyatini yana tiklab olishga qodir, - deb yozdi sports.kz portali.
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ayni paytda yangi jamoasi tarkibida mavsumga tayyorgarli ko‘rmoqda. “Qayrat” qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida o‘tamoqda.
TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!
Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!
Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!
Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!
Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi
Fikrlar