Legionerimiz Rossiya klubiga ikkita gol urdi

  • 13 fevral, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasi vakili “Tobol” yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kustanayliklar o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida Rossiyaning “Enisey” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Bahsda “Tobol” 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvning 16-daqiqasida legionerimiz Igor Sergeev hisobni ochdi. Ordan ikki daqiqa o‘tib, “Enisey” jamoasi hisobni tenglashtirdi.

“Tobol”ning asosiy to‘purari hisoblangan Igor Sergeev tanaffusgacha krasnoyarskliklar darvozasini ikkinchi marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Igor Sergeev “Tobol” safida 2021 yilning yarmidan to‘p tepib kelmoqda. Tajribali hujumchimiz bu jamoada Qozog‘iston chempionati g‘olibi va sovrindori bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!