
Legionerimiz o‘zini hayratga solgan futbolchi kimligini aytdi
FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatlarda e’lon qilingan ikki haftalik tanaffus davom etmoqda.
Ikki nafar o‘zbek legioneri - Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev o‘ynayotgan “Rubin” klubi matbuot xizmati jamoa vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazib, o‘zlarini hayratga solgan va bolalikdan muxlislik qilgan futbolchilar haqida so‘radi.
So‘rovnomada savollarga javob bergan “Rubin” a’zolari o‘zlari yoqtirgan futbolchilarga ta’rif ham berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu so‘rovnomada kimlar qaysi futbolchilarni tanlagani haqida ma’lumot beradi.
Rashid Rahimov, “Rubin” bosh murabbiyi:
Frank Raykard – o‘z davrida juda zo‘r o‘ynagan. Ayniqsa, o‘yinni tushunish va kurash olib borishda benazir edi. Uning kuchli jihatlari ko‘p bo‘lgan.
Artur Nigmatullin:
Oliver Kan – Men uni birinchi bor ko‘rganimdan beri unga o‘xshashga harakat qilaman. O‘ziga bo‘lgan ishonchi yoqadi.
Aleksandr Zotov:
Klod Makelele – Mehnatkash , badjahl va mehnatsevar.
Valentin Vada:
Hamyurtlarim Lionel Messi va Xuan Roman Rikelmeni tanlayman.
Marvin Chuni:
Krishtianu Ronaldu – eng zo‘ri.
Dardan Shabanxadjay:
Shubhasiz, Krishtianu Ronaldu.
Umarali Rahmonaliev:
Braziliyalik futbol afsungari Ronaldino va mehnatsevar Ngolo Kante.
Dmitriy Kabutov:
Ronaldino – uning texnikasi hayratga soladi.
Nikita Vasilev:
Neymar – eng zo‘ri.
Marat Apshatsev:
Kaka – eng yaxshisi.
Eslatib o‘tamiz, “Rubin”da ikki nafar legionerimiz Umarali Rahmonovliev va Rustam Ashurmatov to‘p tepmoqda. Qozonliklar Rossiya Premer-ligasida 11 ta uchrashuvda 15 ochko to‘plab, ettinchi o‘rinnni egallab turibdi.
Joriy mavsumda Ashurmatov Premer-liganing beshta o‘yinida ishtirok etgan bo‘lsa, Rahmonaliev ikki marotaba maydonga tushdi.
“Rubin” chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni Moskvaning “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Fikrlar