
Legionerimiz OFK so‘rovnomasida Son, Azmun va Taremi kabi yulduzlar bilan kurashmoqda
Osiyo futbol konfederatsiyasi muntazam ravishda legionerlar o‘rtasida haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazib kelmoqda.
Bu safar undan Qozog‘istonning "Aktobe" klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Igor Sergeev ham o‘rin oldi.
Igor Sergeev "Aktobe" O‘zbekiston
"Ordabasi"ga qarshi 82 daqiqa, 1 gol, 88 % paslar aniqligi;
"Qiziljar"ga qarshi 66 daqiqa, 2 ta aniq zarba
"Paxtakor"ning sobiq futbolchisi Qozog‘iston chempionatiga tezlik bilan moslashib oldi. U "Ordabasi"ga qarshi o‘yinda maydon markazidan kiritgan sensatsional to‘pi bilan 8 ta gol urilgan uchrashuvdagi eng unutilmas vaziyat egasi bo‘ldi",-deya izoh qoldirdi OFK rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, haftaning eng yaxshi osiyolik legioneri nomi uchun Son, Azmun, Taremi kabi mashhur yulduzlar kurash olib bormoqda. Quyidagi havola orqali munosib nomzodga ovoz berish imkoniyatiga egasiz:
Fikrlar