Legionerimiz kubok sohibi!

  • 23 may, 2021, 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gomel shahrida o‘tkazilgan Belarus kubogining finalida BATE va “Isloch” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Tecno

Mamlakat kubogining amaldagi sohibi –BATE futbolchilari bu galgi finalga etib kelguncha, saralash bosqichlarida “Granit-Miashevichi”ni 5:0, “Dinamo-Brest”ni 4:2, “Vitebsk”ni 2:3, 2:1, “Torpedo-BelAZ”ni  4:1, 1:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Isloch” vakillari esa finalgacha “Dnepr-M”, “Krumkachi”, “Minsk” va chempion “Shaxtyor”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Final uchrashuvi ancha keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. BATE safida hamyurtimiz Shahboz Umarov faol o‘ynadi. Bellashuvning 31-daqiqasida Shahboz Umarov golli vaziyat yaratdi va bundan unumli foydalangan Stanislav Dragun hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda “Isloch” vakili Dmitriy Komarovskiy vaziyatni tenglashtigan bo‘lsa-da, O‘yin yakunlanishiga 14-daqiqa qolganida Pavel Ribak hal qiluvchi to‘pni kiritib, BATEning  2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shahboz Umarov ushbu uchrashuvda 61-daqiqa faol o‘ynadi. U bahs davomida Aleksandar Filipovich, Pavel Nixaychik, Pavel Karasev, Pavel Ribak kabi jamoadoshlarini aniq pas bilan, qulay vaziyatga chiqardi. Ayrim hollarda ularga aniqlik etishmagan bo‘lsa, ba’zan zarbalarni raqib darvozaboni bartaraf etdi.

Final uchrashuvida zafar quchgan BATE o‘z tarixida beshinchi bor Belarus kubogini qo‘lga kiritdi. Borisovliklar bu borada yaqqol etakchi hisoblanadi. Bungacha, BATE 2006, 2010, 2015, 2020 yillarda bosh sovrin sohibi bo‘lgan. Yana besh marta finalda imkoniyatni boy bergan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!