Legionerimiz klubini tark etdi

  • 9 fevral, 11:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonning “Qaysar” klubida faoliyat olib borgan legionerimiz Shoxnazar Norbekov jamoani tark etgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Aniqlanishicha, klub rahbariyati barcha legionerlarning xizmatidan voz kechishga qaror qilgan va natijada Norbekov ham “Qaysar”ni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

U o‘tgan yili bosh murabbiy Viktor Kumikovning taklifiga ko‘ra, “Qaysar” bilan shartnoma imzolagan va ortda qolgan mavsumda hammasi bo‘lib, 26 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golli pasni uzatdi.

Hozirda Shoxnazar variantlarni ko‘rib chiqmoqda va tez orada bir qarorga keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!