
Legionerimiz jamoasi bilan xorij yig‘inida ishtirok etadi
Rossiya Premer ligasi ishtirokchisi "Nijniy Novgorod" ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi.
Jamoa kecha tongda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashish uchun Turkiyaga yo‘l oldi. Mazkur yig‘inda murabbiy sinovdan o‘tkazadigan futbolchilar ro‘yxati ham e’lon qilindi. Undan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ham o‘rin egallagan.
Dastlabki yig‘in 9-20 yanvar kunlari Antalya shahrida tashkil etiladi.
Fikrlar