Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

  • 11 iyun, 2023, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasidagi debyut mavsumi biroz muvaffaqiyatsiz chiqqan Hojimat Erkinov endi yangi musobaqa – birinchi ligada to‘p tepadi.

Tecno

Xabaringiz bor, Moskvaning “Torpedo” klubi chempionat yakuniga ko‘ra, oxirgi o‘rinni egallab quyi ligaga tushib ketdi.

Endi jamoa oldiga bir yil ichida yana yuqori divizionga qaytish vazifasi qo‘yiladi. Hojimat Erkinov yaqinda bergan intervyusida jamoada qolib, “Torpedo”ni tezroq eng kuchli klublar qatoriga qaytarishga yordam berishini ta’kidlagan edi.

Ta’kidlash joizki, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yurtimizda “sherlar” tarkibidan tashqari, “Qo‘qon-1912” va OTMK jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Bir yil muqaddam “Torpedo”ga ko‘chib o‘tganidan keyin, Rossiya Premer-ligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas uzatdi. Shuningdek, Rossiya kubogi musobaqasida to‘rtta o‘yinda qatnashdi.

ria-8249790-tn

“Torpedo”ni shu yilning 28 mart kuni qabul qilib olgan ispaniyalik murabbiy Jozep Klotet jamoani quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qola olmagan bo‘lsa-da, klub rahbariyati yangi mavsumda ham unga ishonch bildiradigan bo‘ldi.

Hojimat Erkinov 46 yoshli ispan mutaxassisining jamoada ishini davom ettirishi haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Mening fikrimcha, kim bosh murabbiylik qilishidan qat’i nazar, futbolchilar mutaxassislar qo‘ygan talabni so‘zsiz bajarishi shart.

Jozep Klotet masalasida shuni ayta olamanki, u “Torpedo”da qolganidan shaxsan men juda xursandman.

Bizga uning talablari tushunarli. Yangi mavsumda o‘yindan o‘yinga yaxshiroq harakat qilib, ko‘zlangan natijalarga erishishga urinamiz, - dedi Hojimat Erkinov.

Jozep Klotetning qo‘l ostida “Torpedo” jami o‘nta o‘yin o‘tkazib, faqat bittasida g‘olib chiqdi, to‘qqiz marotaba raqiblarga imkoniyatni boy berdi.

Jozep Klotet murabbiylik faoliyatini 2001 yili boshlagan. Ispaniyada to‘qqiz yil davomida  “Kornelya”, “Espanol”, “Figeras” kabi klublarda ishlagan. Keyin Shvetsiyaning “Malmyo” va “Xalmstad”, Norvegiyaning “Viking’g” jamoalarida mehnat qilgan.

Uch yillik tanaffusdan so‘ng 2012 yili Ispaniyaga qaytib, “Atletiko Malagento” jamoasida bir yil ish yuritdi.

Shundan keyin yosh murabbiy sifatida Angliyaga yo‘l oldi. Zamonaviy futbol vatanida “Suonsi Siti”, “Lids Yunayted”, “Oksford Yunayted” hamda “Birmingem Siti”da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi.

“Torpedo”ga kelgunga qadar, 2021-2023 yillarni Italiyaning “Breshia” va SPAL jamoalarda o‘tkazdi.

volga (1)

Qizig‘i shundaki, Jozep Klotet futbol bo‘yicha murabbiylik va konsultantlikdan tashqari sharhlovchi va ekspert vazifalarini ham bajaradi. U Sky Sports telekanalining Ispaniya bo‘limida sharhlovchilik qiladi va mashhur Marca nashrida o‘z blogini yuritadi.

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!

Shomurodov jamoasi boshqa joyda o‘ynaydi!

Ronaldu Masharipovga nimalarni o‘rgatdi?

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Shomurodov va Nzola "Milan"ga qarshi jasorat ko‘rsatishi kerak!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!