
Legionerimiz gol urgan o‘yinda jamoasi 7:1 hisobida zafar quchdi (video)
Belarus chempionati o‘rtamiyonalaridan biri "Energetik-BGU" klubi sharafini himoya qilayotgan Bobir Abdixoliqov jamoasi bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
"Maxline" klubiga qarshi kechgan bahs 7:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. E’tiborlisi, legionerimiz ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida Abduxoliqov tomonidan kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar