
Legionerimiz bosim ostida qoldi!
Belarus chempionatini kuzatib borayotgan o‘zbekistonlik muxlislar legionerimiz Shahboz Umarov to‘p tepayotgan BATEga ishqibozlik qilayotgani bor gap. Borisovliklar joriy mavsumda amaldagi chempion “Shaxtyor” futbolchilari bilan oltin medal uchun raqobatlashmoqda.
BATE oliy liganing 12-turida “Nyoman” futbolchilarini qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu uchrashuvning birinchi bo‘limida to‘liq harakat qilgan Shahboz Umarov mezbonlarning birinchi golini urgan Pavel Nixaychikka assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘limda hamyurtimizning o‘rniga Nemanya Milich o‘yinni davom ettirdi.
BATE bosh murabbiyi Vitaliy Jukovskiy uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi va nega jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Shahboz Umarovni tezda almashtirib yuborganiga izoh berdi:
- Jangovar jamoaga qarshi o‘ynadik. Bo‘llashuv juda qiqizarli, kurashlarga va to‘qnashuvlarga boy bo‘ldi. Raqib jamoaning darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratishiga yo‘l qo‘ymadik. Himoyada aniq va sifatli o‘yin namoyish qildik. Kuchli raqib ustidan munosib g‘alabaga erishdik.
- Tanaffusda Shahboz Umarovni nega almashtirib yubordingiz?
- Umarov yosh yigit. Hozir unga bosim o‘tkazishyapti. BATEda o‘ynar ekansan har xil kimsalar internet orqali sen haqingda ko‘p bo‘lmahur ko‘p narsalarni tarqatadi (yaqinda Shahboz Umarov Belurs kubogi finalidagi g‘alabadan keyin bu muvaffaqiyatni barda raqs bilan nishonlagani to‘g‘risida videolavha tarqatilgan edi). Bu Shahbozga ta’sir o‘tkazyapti va u siqilyapti. Bu yigit ibodat qiladi.
- Jamoada hamma uni qadrlaydi va unga ishonadi. "Nyoman" bilan o‘yinda asabiylashayotgani sezilib qoldi. Shahboz BATEda o‘ynayotganini tushunib etishi kerak. Albatta, qandaydir sanktsiyalar, cheklovlar bo‘ladi. Lekin Umarov bizning iste’dodlarimizdan.
Biz har qanday vaziyatda ham uni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz va sinib qolishiga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Ota-onasi ham xavotirda. Nega bunday bo‘layotganiga hayron. Shuni aniq aytamanki, uning ota-onasi o‘g‘li bilan faxrlanishi kerak.
- Jamoa bararor o‘ynayapti, lekin “Shaxtyor” bilan o‘rtadagi farq qisqarmayapti. Jadvalni kuzatyapsizmi?
- Musobaqa jadvaliga qarashdan nima naf? Soligorskliklar ketma-ket rekordoarni uryapti. Biz o‘z ishimizni qilyapmiz. Keyinchalik hammasi oydinlashadi. Mening vazifam futbolchilarni shug‘ullantirish.
Ta’kidlash joizki, Shahboz Umarov o‘tgan mavsumda “Energetik-BGU” sharafini munosib himoya qilganidan keyin BATE safiga qo‘shilgan edi. Iste’dodli futbolchimiz qisqa fursatda Belarusning eng qudratli jamoasi etakchilaridan biriga aylandi. Shahboz maydonda bir necha vazifani bajarayotgani bilan ajralib turibdi. U maydonning har ikki tomonida hujumkor yarim himoyachi, va oldingi chiziqda hujumchi sifatida ham to‘p tepmoqda. Bundan tashqari, u bir necha marta jarima zarbalaridan ham gol urib, muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi.
Umumiy hisobda, 2021 yilgi mavsumda Shahboz Umarov “Slutsk”, “Sputnik”, “Slaviya” darvozasiga bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, “Gomel”ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. O‘zbek legioneri gol urgan uchrashuvlarning barchasida BATE uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Shahboz jamoadoshlariga to‘rtta golli pas oshirdi.
Joriy mavsumda Shahboz Umarov BATE safida Belarus kubogi sohibi bo‘lib, legioner sifatida ilk sovriniga ega bo‘ldi.
BATE Belarus chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 19 iyun kuni safarda "Dinamo-Minsk" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar