Legionerimiz boshchiligidagi jamoa ettita gol bo‘lgan bahsda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

  • 24 oktabr, 2020, 18:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasining  17-turida o‘zbekistonlik Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov to‘p surayotgan “Nefteximik” jamoasi Jigulevsk shahrida “Akron” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Ushbu uchrashuv yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Nefteximik” uchun o‘ta omadsiz boshlandi va Galiulin sardorligidagi jamoa birinchi bo‘lim o‘rtalarigacha o‘z darvozasidan bir juft gol olib chiqdi.

Aznaur Geryugov  va Artyom Delkinning aniq zarbalari evaziga ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga o‘tib olgan mezbonlar g‘alabani ushlab qola bilmadi.

“Nefteximik” Ilya Petrov, Artyom Kotik va Danil Klenkinning aniq zarbalari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqalari dramatik tarzda kechdi. 85-daqiqada Artyom Delkin uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, vaziyatni tenglashtirdi.

Lekin mezbonlarga shu kuni mag‘lubiyatdan qutilib qolish nasib etmadi. O‘yin yakunlanishiga yaqin Aleksandr Yushin aniq zarba bilan mehmonlarga uch ochko olib berdi – 3:4.

“Nefteximik” sardori Vagiz Galiulin 75-daqiqada o‘z o‘rnini ikkinchi legionerimiz Bobir Davlatovga bo‘shatib berdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Nefteximik” ochkolari sonini 31 taga etkazib, yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!