
Legioner “Navbahor”dan qiziqish borligini tan oldi
Qozog‘istonning “Maktaaral” jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Abdurahmonov qishki transferlar davrida “Navbahor”ga ko‘chib o‘tish mumkin.
Qirg‘izistonlik futbolchi KyrgyzFootball sayti vakillariga namanganliklardan qiziqish borligini aytdi.
- “Navbahor” menga qiziqayotgani bor gap. Lekin hali rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q. Hozir bor e’tiborimni Qirg‘iziston terma jamoasiga qaratganman.
Kelajagim haqida Osiyo chempionatidan keyin qaror qabul qilaman, - dedi Odiljon Abdurahmonov.
27 yoshli yarim himoyachi Qirg‘izistonda “Aldier” va “Oloy” jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, 2021-2022 yillar davomida “Bunyodkor”da o‘ynagan.
Abdurahmonov o‘tgan mavsumda Qozog‘iston chempionatida 17 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli pas uzatdi.
Tajribali yarim himoyachi Qirg‘iziston milliy terma jamoasi safida 29 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar