Legioner hujumchining birgina goli "Al-Nassr"ga g‘alaba keltirdi, Masharipov qaydnomaga kiritilmadi

  • 1 yanvar, 2023, 07:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionati 11-turidan o‘rin olgan "Al-Halij" - "Al-Nassr" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Bahs taqdirini riyodliklarning kamerunlik legioneri Vensan Abubakarning 5-daqiqada kiritgan goli hal etdi. Jaloliddin Masharipov murabbiyning qaroriga ko‘ra o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Ushbu g‘alaba natijasida "Nassr" ochkolari sonini 26 taga etkazib, onlayn jadvalda birinchi pog‘onaga chiqib oldi. "Al-Halij" 4 ochko bilan 15-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!