
LeBron Jeyms Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan birinchi milliarder bo‘ladi!
Basketbol bo‘yicha AQSh terma jamoasi vakili LeBron Jeyms Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan birinchi milliarder sportchi sifatida tarixga kiradi.
Klublar miqyosida Milliy basketbol assotsiatsiyasi doirasida “Los-Anjeles Leykers” jamoasi sharafini himoya qilayotgan basketbol yulduzining daromadi hisoblab chiqildi.
Forbes jurnali 2024 yilning boshidagi holatga ko‘ra, LeBron Jeymsning boyligini 1 milliard dollarga baholagan.
Basketbolchi professional faoliyatidan yiliga 119,5 million dollar mablag‘ olmoqda. Shuningdek, Jeymsning Fenway Sports Group (FSG) kompaniyasidagi ulushi ham oshib bormoqda. Bu kompaniya “Liverpul” futbol klubi “Boston Red Soks” beysbol jamoasi “Pittsburg Pingvinz” xokkey klubi kabi sport tashkilotlariga ham egalik qiladi.
Bundan tashqari ham Jeyms o‘ziga katta daromad keltirayotgan boshqa biznes loyihalarni ham muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda.
Fikrlar