
Leau chempionlikni maqsad qilgan klubga o‘tmoqchi
Rafael Leau chempionlikni maqsad qilgan klubda to‘p tepishni xohlamoqda.
"Milan"ning Chempionlar ligasidan chiqib ketishi klubning portugaliyalik etakchisi Leau uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Shu sababli, Leauning jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda.
Uning kelajakdagi keyingi jamoasi "Barselona" bo‘lishi mumkin. "El Nacional" nashrining xabar berishicha, Leau Chempionlar ligasini yutish imkoniyatiga ega bo‘lgan klubda o‘ynashni xohlamoqda. Aynan shu sababli uning agenti Jorje Mendesh Ispaniyaning nufuzli klubi bilan shartnoma tuzish uchun harakat qilmoqda.
Ayni paytda Leau xizmatlariga boshqa jamoalar ham qiziqmoqda. Jumladan "Bavariya", shuningdek, Angliya Premer-ligasidan "Arsenal" va "Chelsi" klublari futbolchini tarkibda ko‘rish istagida.
Fikrlar