
Lautaro Martines: Messi bilan faxrlanamiz
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona"dagi hamyurti Lionel Messi haqida gapirdi.
“Men Messini futbol maydonidagi raqib sifatida emas, balki Argentina terma jamoasidagi sherigim sifatida ko‘proq bilaman. Men buni oldin ham aytganman, lekin hozir ham takrorlayman va keyin ham aytaman: Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi.
Biz Lionel bilan faxrlanamiz, chunki u argentinalik. Barchamiz undan o‘rganishga harakat qilamiz. Messi boshqacha saviyada va barchadan bir qadam oldinda”, - dedi argentinalik futbolchi.
Fikrlar