Lautaro Martines: "Chempionlar ligasi mening kollektsiyamda yo‘q"

  • 31 may, 13:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter” jamoasi sardori Lautaro Martines PSJ ga qarshi final oldidan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Men allaqachon katta sovrinlarni qo‘lga kiritganman, lekin Chempionlar ligasi mening kollektsiyamda yo‘q. Biz yana finalga chiqanimizdan hursandman. Ertaga bo‘ladigan finalda biz maydonda mukammal  o‘yin o‘tkazmoqchimiz va kubokni uyga olib ketmoqchimiz. O‘yinga imkon  qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik deb o‘ylayman.

Kapitanda har doim ko‘proq mas’uliyat bo‘ladi. Chempionlar ligasining joriy mavsumida men muhim o‘yinlarda maydonga tushdim va ko‘plab gollar urdim. Bu erda bo‘lganimdan va yana bir finalda o‘ynayotganimdan hursandman. "Inter" menga birinchi  kundanoq hamma narsani berdi, men esa har safar o‘z klubim uchun o‘ynaganimda maydonda borimni beraman. Biz bu joyga kelish uchun ko‘p mehnat qildik”, dedi argentinalik hujumchi.

Ma’lumot uchun final bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!