Lautaro "Inter"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin!
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines tez orada klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" Martines uchun hozirgi maoshini sezilarli darajada oshiradigan shartnoma tayyorlamoqda. Qayd etilishicha, yangi kelishuvga ko‘ra, argentinalik futbolchi yiliga 7 million evro ishlab oladi. Manbaning qayd etishicha, hozirda “Inter” futbolchilarining hech birida bunday katta maosh yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Martinesning narxi 100 million evro.



Fikrlar