
"Latsio"ga qarshi o‘yindan oldin "Zenit" etakchilari safga qaytdi
"Zenit" yarim himoyachisi Sebastyan Driussi, hujumchilar Sardor Azmun va Malkom UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Latsio"ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun Rimga yo‘l oldi. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar bermoqda.
Bungacha Azmun, Malkom va Driussida jarohat mavjud edi. Ammo ular Italiyadagi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Biroq piterliklarning boshqa yarim himoyachilari - Vendel va Magomed Ozdoev “Latsio”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"Latsio" - "Zenit" uchrashuvi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar