“Latsio” “Real”da porlay olmagan yulduzni oladi

  • 19 avgust, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

David Silvani qo‘lga kirita olmagan “Latsio” boshqa mahoratli pleymeykerni taklif qiladigan bo‘ldi. Chunki, jamoa kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi va bu musobaqada muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda.  

Tecno

Ayni paytda rimliklar “Real”da o‘z o‘rnini topa olmagan kolumbiyalik yulduz Xames Rodrigesni olib kelish harakatiga tushdi. “Latsio” mutasaddilari madridliklarga ma’qul keladigan transfer taklifi ustidan bosh qotirmoqda.

Zinedin Zidan kelasi mavsumda Xamesga asosiy tarkibdan joy bermoqchi emas. “Real”  pleymeykerni 35-40 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Bu summa italiyaliklarni ham qoniqtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!