
"Latsio" murabbiyi: Chempionlar Ligasidagi ishtirokimizni ijobiy baholash mumkin
"Latsio" bosh murbbiyi Mauritsio Sarri chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ikkinchi goldan keyin o‘yin o‘zgarib ketdi. Birinchi bo‘limni biz yaxshi saviyada o‘tkazdik, lekin "Bavariya" hammamiz bilgan jamoadek harakat qildi. Ushbu musobaqada har bir klub bor kuchini beradi, va biz ham yaxshi ishtirok etdik.
Kiyinish xonasiga gol o‘tkazib kirib ketish alamli bo‘ldi. Hammasini tuzatishimizga o‘zimiz ham ishona olmadik. Barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Chempionlar Ligasidagi ishtirokimizni ijobiy baholash mumkin. G‘alabalar soni mag‘lubiyatdan ko‘ra ko‘p bo‘ldi", – dedi murabbiy.
Fikrlar