
Laportani “Barsa” prezidentligidan haydashyapti!
“Barselona”ning oppozitsiya guruhlari klub prezidenti Joan Laporta va uning direktorlar kengashini zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilmoqda.
Bu haqdagi bayonotning klubning bog‘liq o‘n ta guruh, assotsiatsiya va platformalar bir paytda e’lon qildi.
Iste’fo talab qilayotganlarga klub prezidentligiga nomzod bo‘lgan Viktor Font va Joan Kamprubi boshchilik qilmoqda. Bu mutaxassislar Si al Futur hamda Some un clam kabi nufuzli kompaniyalar rahbarlari hisoblanadi.
Ular agar Laporta talabni bajarishdan bosh tortsa, unga nisbatan ishonchsizlik votumi kiritilishi haqida uqtirmoqda.
Noroziliklarning kelib chiqishiga klub rahbariyati yarim himoyachi Daniel Olmo va hujumchi Pau Viktorni La Liga qaydnomasidan o‘tkazish, Nike bilan hamkorlikni uzaytirish masalalarini hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Fikrlar