
Laportaga “hujum” bo‘ldi
“Barselona” klubi prezidentligiga sobiq nomzod Viktor Font hozirgi xo‘jayin Joan Laportaga maktab yo‘llab, uni lavozimni bo‘shatib qo‘yiga chaqirgan.
Marca nashrining yozishicha, Font o‘z talabini bir necha omillar bilan izohlagan.
Xususan, u “klub murakkab vaziyatlarni boshdan o‘tkazayotgani”, “2021 yildan beri natijalar pasayib ketgani” va “boshqaruvdagi xato qarorlar” sababli Joan Laportadan iste’fo talab qilyapti.
Fontning ta’kidlashicha, atrofida klubni modernitsatsiya qila oladigan va uni yana etakchi pozitsiyalarga olib chiqishga qodir boshqa menejerlar ham bor.
Vaziyat shundayki, klub hamon zarar ko‘rishda davom etmoqda va holatni o‘nglash uchun investor topishga juda kam vaqt qoldi, - dedi Font.
Fikrlar