
Laporta: U bilan ishlash men uchun sharaf
Joan Laporta Xavi bilan ishlashni davom ettirishi haqida gapirdi.
Avvalroq, ispaniyalik mavsum yakunida klubni tark etish niyatida ekanligi haqida bayonot bergandi. Shunga qaramay, u klubni boshqarishda davom etadi.
"Kengash a’zolari har doim Xavi bilan ishlashni davom ettirishimiz kerak, degan fikrda. U boshqaruv kengashi va klub muxlislarining mutlaq ishonchiga ega.
Bugungi yangiliklar bizni quvontirdi. Sababi, loyihaning barqarorligini saqlab qoldik. Bizningcha, bundan hamma foyda ko‘radi. O‘tgan mavsum La Liga va Ispaniya Superkubogida zafar quchdik. Ushbu sovrinlar jamoaning eng qiyin davrida sodir bo‘ldi. Xavi kabi insoniy fazilatlar va bilimga ega inson bilan ishlash men uchun katta sharaf", - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.
Fikrlar