
Laporta: “Biz “Barselona”ni moliyaviy inqirozdan qutqardik”
“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubda bo‘lgan o‘zgarishlar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni dam ispan grandi moliyaviy jihatdan yaxshilangan.
“Biz 215 million evroga futbolchilarni sotdik. 74 milllion evroga transferlar amalga oshirdik va 141 million evro foyda ko‘rdik.”
“Iqtisodiy holat bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, biz klubni saqlab qoldik va endilikda nazorat o‘z qo‘limizda”, - dedi Joan Laporta.
"Barselona" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishni rejarashtirgan. Ma’lum bo‘lishicha, jamoa Bernardu Silva, Ilkay Gyundogan va Benjamin Pavarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Fikrlar