Laporta: "Barsa"ni juda yaxshi ko‘radigan Messi haqida ham gaplashdik"

  • 8 mart, 2023, 15:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta PSJ hujumchisi Lionel Messining otasi bilan uchrashuv haqida gapirdi.

Tecno

Argentinalik hujumchi 2003 yildan 2021 yilgacha Kataloniya klubini himoya qilgan va bugungi kunda "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Futbolchi 778 uchrashuvda 672 ta gol urgan.

"Men uni Argentinaning JCh-2022dagi g‘alabasi bilan tabrikladim. "Barsa"ni juda yaxshi ko‘radigan Messi haqida ham gaplashdik. Leoga bo‘lgan hurmatim uchun boshqa klub futbolchisi haqida gapirmoqchi emasman", - deya Laportaning so‘zlaridan keltiradi "Mundo Deportivo" nashri.

35 yoshli Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda hujumchi parijliklar libosida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol va 16ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!