
"Lans"ning "Marsel"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Frantsiya chempionati 12-turida "Lans" o‘z uyida "Marsel"ni qabul qiladi.
Uchrashuv oldidan mezbonlarning qaydnomasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Uill Still 21 nafar futbolchini mazkur ro‘yxatga kiritdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov PSJga qarshi bahsda olgan qizil kartochkasi sabab bugun maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Lans" - "Marsel" uchrashuvi bugun soat 21:00da start oladi.
Fikrlar