"Lans" sport direktori: Ha, Husanov ketadi, ammo...

  • 5 yanvar, 22:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans" sport direktori Piere Dreossi Abduqodir Husanovning qishda jamoani tark etishi haqida fikr bildirdi: 

"Ha, Husanov ketmoqda. Biroq hamon bizning talablarimizga mos tushadigan moliyaviy taklif bo‘lgani yo‘q. Barchasi iqtisodiy balansimizni to‘g‘rilashga qaratilgan", - dedi Dreossi. 

Ta’kidlash kerak, taniqli jurnalist Fabritsio Romano Husanovning "Siti"ga ehtimoliy transferi borasida yaqin kunlar ichida ikki marotaba ma’lumot berdi. Uning so‘nggi bergan insaydiga ko‘ra, ayni vaqtda "shaharliklar" "Lans" bilan ham, futbolchimiz bilan ham muzokaralarga kirishgan. 

Ayni vaqtda Abduqodirning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 12 million. Biroq "Lans" uning transferidan 40 million evro atrofida pul ishlab olmoqchi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!