
"Lans" himoyachisi Husanov haqida gapirdi
"Lans"ning asosiy himoyachilaridan biri Jonatan Gradit Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchimiz bilan so‘zlashish qiyin bo‘lmoqda.
"U frantsuz tilini o‘rganmoqda. Abduqodir rahmat aytishni, minnatdorchilik bildirish kabi kichik-kichik so‘zlarni ayta oladi. So‘nggi paytlarda Husanov o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib oldi. Shuningdek, u jangovar ruhga ega", - dedi 31 yoshli himoyachi.
Gradit ushbu mavsum "Lans" tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga ham ulgurdi. 2019 yilda jamoaga kelib qo‘shilgan Jonatanning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar