
"Lans" himoyachisi "Bavariya" radariga tushdi
"Bavariya" yangi markaziy himoyachi qidirishda davom etmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Tomas Tuxel jamoasi o‘z ro‘yxatiga "Lans" a’zosi Kevin Dansoni qo‘shgan.
Avvalroq "qizillar" "Jenoa" himoyachisi Radu Dregushinni sotib olmoqchi edi, ammo ruminiyalik futbolchi Londonga o‘tishga juda yaqin bo‘lib turibdi. Myunxenliklar uchun yana bir variant Danso. "Transfermarkt" portali 25 yoshli Dansoni 22 million evroga baholamoqda.
Avstriya terma jamoasi a’zosi 2021 yilning yozida "Augsburg"dan ko‘chib o‘tganidan beri “Lans”da o‘ynamoqda.
Fikrlar