
Langle Londonda qoladigan bo‘ldi
Kleman Langle Premer-ligada qoladi. "Tottenxem" uni sotib olishga qaror qildi, deya yozmoqda "Diario Sport" nashri. Ushbu transfer londonliklarga 14 million evroga tushadi va ayni dam muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Frantsiyalik himoyachi Antonio Konte istagi bilan klubga kelib qo‘shilgandi. Italiyalik murabbiy jamoani tark etganidan keyin 27 yoshli futbolchi Ispaniyaga qaytishi haqda mish-mishlar chiqdi. Ammo rahbariyat uning o‘yinidan mamnun.
Langle ushbu mavsumda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. U "Tottenxem" tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar