
Lamin Yamalni “Barsa” qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz!
“Pari Sen-Jermen” klubi mutasaddilari Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” hujumkor futbolchisi Lamin Yamal bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqdi.
El Nacional nashrining yozishicha, parijliklar 17 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolamasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
Frantsiya chempionlari Yamalni katta mablag‘ evaziga “Barselona” bilan shartnomani yangilash fikridan qaytarmoqchi. Ular futbolchiga o‘z davrida Kilian Mbappega yaratib berilgan moliyaviy sharoitlardan kam bo‘lmagan shartnoma shartlarini taklif qilyapti.
PSJ Lamin Yamalni moliyaviy tomondar rekord darajada daromad ko‘radigan futbolchiga aylantirishni va’da qilmoqda. Shu orqali ular yosh o‘yinchiga bosim o‘tkazmoqchi.
Yamalning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Kataloniyaliklar yangi bitim imzolash uchun futbolchi 18 yoshga to‘lishini kutmoqda.
Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol urgan va jamoadoshlariga 17 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar